U-17 Osiyo chempionati saralash uchrashuvidan o'rin olgan O'zbekiston - Bruney bahsi bo'yicha qiziqarli ma'lumotlar

Оқил Абдубарноев
5 okt 2022
Ayni damda 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan O'zbekiston - Bruney uchrashuvi davom etmoqda.

Bruneyda bor-yo'g'i 500 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi va u erda qirollik rejimi hukm suradi.

Terma jamoaning asosiy tarkibidagi 10 nafar futbolchisi 3 yildan beri yilning eng yaxshisi bo'la olmaydigan Toshkent shahar chempionatining tarbiyalanuvchisi (Shodiboevdan tashqari) sanaladi. Bugun ular shahar chempionatining U-18 ligasida to'p tepyapti.

Asosiy tarkibdagi sardorimiz Laziz Mirzaev “Odil Ahmedov FA”dan yil oxirigacha “Lokomotiv” U-21'ga ijaraga berilgan. 2018 yil u futbolni tashlab yuborgan, 23-raqamdagi Dilshod Abdullaev otasining taklifi bilan Ahmedov akademiyasida faoliyatini qayta tiklagan.

Asosiy tarkibda bor-yo'g'i 1 nafar futbolchi hududiy akademiyalarga tegishli - Ozod O'ktamov (hozir “Navbahor”da ijarada). Zaxirada ham bir nafar shunday futbolchi bor - Sherzodbek Abdulboriev.

Ollobergan Karimov 2018 yil so'ngida Xorazm FAdan “Bunyodkor”ga o'tadi. U ham U-21'da Boshkovich qo'l ostida debyut qilishga ulgurgan. 18 yoshga to'lib, professional shartnoma imzolasa, Xorazm FA 50 mln so'm bonus oladi.

Kengaygan tarkibda 2007 yilda tug'ilgan ikki nafar futbolchi bor: uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan To'lqinbekov Azizbek (“Bunyodkor”) va zaxirada Abraev Quvonchbek (“Lokomotiv”).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: https://t.me/Nadirkhuja