U-17 JCH. O'zbekiston Fransiyaga kichik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023
U-17 Jahon chempionati chorak finalidan o'rin Fransiya – O'zbekiston uchrashuvi boshlanmoqda.

U-17 JCH. 1/4 final

Fransiya – O'zbekiston 1:0 (TUGADI)

Surakarta. "Manahan" stadioni. 13:30

Hakamlar: Dahane Beida (Mavritaniya), Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo), Pere Atcho (Gabon)

VAR: Guzman Tatiana (Nikaragua)

AVAR: Dikerson Joe (AQSH) 

Gol: Ismoil Buneb 82

Fransiya: 1.Pol Argni, 3.Nihoa Sangui, 4.Bastien Maepiyou, 5.Yoaxim Kayi Sanda, 6.Nolan Feppr, 8.Saymon Buabre (20.Matis Amugu,72) 10.Ismoil Buneb, 12.Yoram Zague, 17.Tidiane Diallo (2.Yavann Titi, 72) 18.Muhammad Amin Buchenna (11.Tidiam Gomis,46), 19.Yoan Tinkres (9.Matis Lamburde,  72)

Zaxira: 16.Matiys Niflore, 21.Timoti Viel, 13.Aymen Sadi, 15.Artur Tchapchet, 

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Yahyo O'rinboev (4.Behruzjon Karimov, 64), 5.Azizbek To'lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzaev (s), 8.Behruz Shukurullaev (, 14.Shodiyor Shodiboev, 88), 9.Amirbek Saidov, 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.Sherzod Abdulboriev ( 11.Quvonchbek Abraev, 88), 20.Dilshod Abdullaev (6.Ozodbek O'ktamov, 80)

Zaxira: 1.Jahongir Bo'riev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 15.Ozodbek Ergashev, 18.Jasur Hikmatullaev.

Ogohlantirish: Behruz Shukurullaev (O'zbekiston) 21, Nihoa Sanguy (Fransiya) 28, Behruz Karimov (O'zbekiston) 71, Tidiam Gomis (Fransiya) 79

MATNLI TRANSLYATSIYA

Tugadi. Yigitlarga katta rahmat. Borini bergani uchun rahmat. 

90+4. Sobirov birga bir vaziyatda to'pga chiqib kelib xavfli vaziyatni qaytardi. 

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi. 

83. Himoyada tartibni ushlab turgan Dilshod Abdullaevni almashtirish xato edi. 

82. GOL. Fransiya hisobni ochdi. Lamburde boshi bilan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Ismoil Buneb darvozaga yo'lladi. 

80. O'ZGARISH. O'zbekiston, Dilshod Abdullaev o'rniga Ozodbek O'ktamov tushdi. 

76. Suv ichib olish uchun tanaffus

71. OGOHLANTIRISH. Behruz Karimov, O'zbekiston

68. Afsuski golimiz hisobga olinmadi. VAR esa vaziyatlarni takroran aniq ko'rsatmadi. 

67. Amir Saidov birga bir vaziyatda gol urdi. Lekin hakamlar hisobga olmadi. VAR borku, VAR nima uchun chiqarilgan?

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL.YO'Q. 

64. O'ZGARISH. O'zbekiston, Yahyo O'rinboev o'rniga Behruz Karimov tushdi. 

62. ZARBAAA. Saidovda yana bir imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin o'yindan tashqari holatda qolgani ko'rindi. 

58. ZARBAAA. Laziz Mirzaevning uzatmasini Amir Saidov golga aylantira olmadi. Zarba noaniq. 

56. Fransiya darvozamiz oldida keskinlik yaratishga harakat qildi.

46. O'ZGARISH. Fransiya, Muhammad Buchenna o'rniga Tidiam Gomis tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45+3. ZARBAAAAAAAAAA. Lazizning uzatmasini Yahyo O'rinboev boshi bilan zarba yo'lladi. Fransiyalik posbon zarbani qaytardi. Gol urish uchun o'yindagi eng xavfli vaziyatni biz yaratdik. 

45+2. ZARBA. Muhammad Buchenna jarima maydonchamiz ichida zarba yo'lladi. Noaniq. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Ikki jamoa ham darvozalarga aniq zarba yo'llashgani yo'q. Noaniq zarbalar soni 3/1

36. Yaxshi hujum tashkil qildik. Yakuniy zarba yetishmadi. 

28. Jarima zarbasini Abdulboriev ijro etdi. Noaniq. 

27. OGOHLANTIRISH. Fransiya, Nihoa Sangui,

26. Juda qulay nuqtada jarima zarbasi ishladik. Ajoyib. Lazizni nuqtasi. 

21. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Behruz Shukurullaev

20. To'p nazorati Fransiya tomonida 70/30

17. ZARBA. Diallo markazda to'pni olib qo'yib katta tezlikda oldinga o'tdi. Uning bo'sh darvozani ishg'ol qilishiga Dilshod Abdullaev yo'l qo'ymadi. Balli Dilshod. 

15. Ma'lumot uchun, O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi chorak final bo'lgan. Umid qilamizki, 

10. To'p nazorati Fransiya tomonida. O'smirlarimiz esa himoyada ishonchli o'ynamoqda. 

6. Fransiya oldinga o'tdi va zarbalar seriyasini amalga oshirishga urinib ko'rdi. Himoyachilarimiz o'z o'rnida. 

2. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Fransiya jarima maydonchasi ichida keskinlik yuzaga keltira oldik. 

2. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk daqiqalardan burchak zarbasini ishladi. 

O'yinga start berildi. 

Ikki jamoa mamlakatlari madhiyasi yangradi. Uchrashuvga barcha narsa shay. Biz ham tayyormiz. 

JONLI EFIR UCHUN HAVOLA

- Uchrashuv 13:30da start oladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia