U-17 Jahon chempionatiga qur'a tashlandi. O'zbekiston "J" guruhidan joy oldi

Alisher Ostonov
25 may 2025
17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qatar poytaxti Doha shahrida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston "J" guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya jamoalari bilan birga o'rin oldi, jamoamiz qur'adan oldin 2-savatchadan o'rin olgandi.

Qatarda bo'lib o'tadigan JCH shu yilning 3-27 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o'rin egalari 1/16 final bosqichiga yo'llanma olishadi.


"A" guruhi: Qatar, Italiya, JAR, Boliviya

"B" guruhi: Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya

"C" guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA

"D" guruhi: Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji

"E" guruhi: Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr

"F" guruhi: Meksika, Koreya Respublikasib Kot-dIvuar, Shveytsariya

"G" guruhi: Germaniya, Kolumbiya, KXDR, El-Salvador

"H" guruhi: Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya

"I" guruhi: AQSH, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya

"J" guruhi: Paragvay, O'zbekiston, Panama, Irlandiya

"K" guruhi: Fransiya, Chili, Kanada, Uganda

"L" guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia