U-16 OCH saralashi: O'zbekiston U16 - Falastin U16 - 9:0

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013, 17:52
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston va Falastin o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

O'yinda tezkor gol urildi. Abubakir Murtazoev 4-daqiqada vakillarimizni oldinga olib chiqdi - 1:0. Oradan uch daqiqa o'tgach Jonibek Ko'chimov o'zini ko'rsatdti - 2:0. 26-daqiqada Ko'chimov o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi - 3:0.

Ikkinchi bo'lim davom etmoqda. 49-daqiqasida Suxrob Nurillaev mehmonlar darvozasiga to'rtinchi golni ham urdi - 4:0. Oradan ikki daqiqa o'tgach Oybek Nurmatov uzoq masofadan juda chiroyli gol urdi - 5:0.

60-daqiqada falastinlik futbolchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

67-daqiqada Ozodbek Qurbonov gol urdi - 6:0. 78-daqiqada Suxrob Nurillaev dublga erishdi - 7:0. O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Aziz G'aniev penaltidan gol urdi - 8:0.

87-daqiqada yana bir falastinlik futbolchi qizil kartochka oldi. 90+1-daqiqada Aziz G'aniev dublga erishdi va o'yindagi yakuniy natijani o'rnatdi - 9:0.

Endi o'smirlarimiz yakshanba kuni guruhdagi so'nggi va hal qiluvchi uchrashuvni Yamanga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin ham "Jar" stadionida soat 16:00da bo'lib o'tadi.


O'zbekiston U16 - Falastin U16 - 9:0 (3:0)
Gollar:
Abubakir Murtazoev 4, Jonibek Ko'chimov 7, 26 penalti. Suxob Nurillaev 49, 78, Oybek Nurmatov 51, Ozodbek Qurbonov 67, Aziz G'aniev 85 penalti. 90+1.
O'zbekiston U16: 1.Akrom Xo'jaev, 2.Doniyor Hoshimov, 5.Ozodbek Qurbonov, 14.Dostonbdek Berdiqulov, 3.Ilhom Alijonov, 8.Oybek Nurmatov, 18.Jahongir Ahmadov, 16.Abubakir Murtazoev, 11.Aziz G'aniev, 7.Jonibek Ko'chimov, 10.Suxrob Nurillaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia