U-16 Markaziy Osiyo chempionati uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018
Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimizda 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida mintaqa chempionati o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.

U-16 Markaziy Osiyo chempionati bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz. “CAFA U-16 championship” musobaqasi uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zidan yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z hodmimlari ro'yxati (“zayavkasi”)ni 28 iyundan 2 iyul kuniga qadar quyidagi elektron pochtaga (media@the-cafa.com) jo'natishlari talab etiladi.

Ta'kidlab o'tamiz, musobaqada 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalari ishtirok etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com