Tyonnis: Raulga “Shalke-04”da ish taklif etdim va u bi haqda o'ylab ko'rishini aytdi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2013, 15:33
“Shalke-04” kuzatuv kengashi raisi Klemens Tyonnis, klubning sobiq hujumchisi Rulga klubda ish taklif etganligini ta'kidladi, deb xabar beradi nemis OAV.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda “Real” klubining sobiq futbolchisi Qatarning "Al-Sadda" klubi sharafini himoya qilmoqda.

“Men Raulga bir necha marotaba “Shalke”ning eshigi u uchun doimo ochiq ekanligini aytdim. U klubda xohlagan paytda biror bir mansabni egallashi mumkin. Misol uchun men uni “Shalke” klubi elchisi sifatida tayinlashim mumkin. U bu haqda o'ylab ko'rishini aytib o'tdi”, - deydi Tyonnis.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com