Tyago Silva: "Yosh - hujjatdagi raqam holos"

Mirjalol Normatov
23 sen 2020
"Chelsi" himoyachisi Tyago Silva 36 yoshga kirganida ham yuqori tempda futbol o'ynay olishini aytdi.

"Yosh - bu hujjatdagi shunchaki son holos. APLning  tezligi haqida o'ylamayapman. Jismoniy taraflama o'zimni kuchli his qilyapman.

Bu erga tajribali futbolchi sifatida keldim. Lempard jamoaga tajribalilarning yordami kerak deb hisoblaydi. Karlo Anchelotti bilan Xames transferi borasida suhbat qurganimizda: "Sizga yuguradigan, ko'p mehnat qiladigan futbolchi kerak bo'lsa sotib oling", degandim. Umid qilamanki, "Chelsi"ning yosh tarkibiga qo'ldan kelgancha yordam beraman", - dedi Silva.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal