Twitter boshqaruvchilari Reshfordning akkauntiga e'tiborli bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
25 avg 2019
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Twitter"da ko'plab insonlarning irqiy kamsitishlariga uchramoqda.

Kecha u penaltidan "Kristal Pelas" darvozasini ishg'ol qila olmaganidan keyin muxlislar tomonidan katta tanqid ostiga olindi.

O'tgan haftada Pol Pogba penaltidan gol ura olmaganidan keyin "Twitter" boshqaruvchilari mashhur bo'lgan qora tanli insonlarning akkauntiga e'tiborliroq bo'lishni boshlagandi.

Qayd etilishicha, ular ayni damda Reshford irqiy kamsitilayotgan tvitlarni o'chirib chiqishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports