Tuxel: “Samolyot bo'lmasa, poezd. U bo'lmasa, avtobus. Agar u ham bo'lmasa, o'z mashinamda o'yinga boramiz”

Eldor Akmurzayev
14 mar 2022
“Chelsi” ustozi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “Lill”ga qarshi 16 mart kuni o'tadigan o'yinga qaysi yo'l bilan bo'lmasin jamoani olib borishini aytdi.

Britaniya hukumatining Roman Abramovichga qo'llagan sankciyalar tufayli London klubi qiyin ahvolga tushib qolgan.

“Mendagi oxirgi ma'lumotga ko'ra, bizga samolyot berishadi: Fransiyaga uchib borishimiz va u erdan ortga qaytishimiz uchun. Agar unday bo'lmasa, poezdda boramiz. Poezdda bo'lmasa, avtobusda yetib olamiz. Avtobus ham bo'lmasa, u holda o'z minivenim (mashina)da olib boraman”, degan Tuxel.

Eslatib o'tamiz, Londonda o'tgan dastlabki uchrashuvda “aristokratlar” 2:0 hisobda zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football.London