Tuxel qanday holatda Pavar "Inter"ga o'tishi mumkinligini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyachi Benjamen Pavar "Inter"ga o'tishi mumkinligini tasdiqladi.

"Biz Pavar "Inter"ga o'tmoqchiligidan xabardormiz. Biroq bu transfer amalga oshishi uchun boshqa ishlar ham yuz berishi zarur. Eng avvalo biz unga o'rinbosar topishimiz va transferni hal qilishimiz zarur, aks holda Benjamenni qo'yib yubora olmaymiz".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо