Tuxel PSJning sensacion mag'lubiyatiga izoh berdi

PSJ Liga 1 12-turida “Dijon”ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

“Kerakli o'yin ritmi bo'lmadi. O'yinchilarimiz juda ko'p xato qildi. Raqibni bo'sh hududlarga qo'yib yubordik. Birinchi bo'limda hatto urgan golimizga ham loyiq emasdik. Ikkinchi bo'limda esa 17 ta zarba berdik, lekin “Dijon” g'alaba qozondi. Bundan ortig'iga arzirli o'yin ko'rsatmadik”, - deydi Tomas Tuxel.


Manba: Le Parisien