Tuxel Kurzavaning "Arsenal"ga o'tayotganini rad qildi

18 yanv 2020, 22:36
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa himoyachisi Leyvin Kurzavaning London klubi safiga qo'shilayotganini tasdiqlamadi.

"Kurzava PSJga kerak. Men uning kyetishi haqida hech kim bilan gaplashganim yo'q. U so'nggi paytlarda yaxshi o'ynayapti", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Avvalroq 27 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Kurzava parijliklar safiga 2015 yilda "Monako"dan, 25 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi. 


Manba: Sky Sports