Tuxel: "Yevropa Ligasi sovrini tez orada Unai Emeri sovrini deb o'zgartiriladi!"

Alisher
11 avg 2021, 08:53
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vilyarreal"ga qarshi UEFA Superkubogi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi mavsumni navbatdagi evrofinal bilan boshlashdan ko'ra yaxshisi yo'qdir. Unai Emeri va "Vilyarreal"ga katta hurmat ko'rsataman. Yevropa Ligasi sovrini tez orada Unai Emeri sovrini deb o'zgartiriladi! U aqlbovar qilmas. Raqibning o'yinga yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini his qilib maydonga tushishiga ishonchim komil. Biz kubokni olish uchun barchasini qilamiz", - deydi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri 4 bor Yevropa Ligasini qo'lga kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com