

"Usmon – katta istedodga ega ajoyib futbolchi. Uning har bir mashg'ulotidan zavq olardim. U juda ham qobiliyatli.
U yoqimtoy yigit, lekin biroz asabiy. Biz Dembele bilan ko'p kulishardik. Shu bilan birga jiddiy gaplashib olish uchun ham vaqt topardik. Hech qachon zerikarli bo'lmasdi.
Usmon xohlagan narsasiga e'tiborini qaratsa, o'shanga erisha oladigan futbolchi. Birinchi suhbatimizda u menga "Barselona" uchun o'ynashni xohlashini aytib o'tgandi va u hozir o'zi istagan klubda.
Dembele menga juda yoqadi. Har kuni o'sishda davom etishga e'tiborini jalb qila olsa, ko'plab yutuqlarga erisha oladi", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi AS nashri.



