

"Zenit" Vitcelni 20 million evrodan kamiga qo'yib yuborishni istamayapti. Bu haqda Italiyaning mashhur "Tuttosport" nashri xabar tarqatgan. Turinliklar esa Vitcelni yozdayoq jamoaga taklif etishni rejalashtirishgan.
Shuningdek, "Yuventus" o'z safini "Palermo" hujumchisi Paulo Dibala hamda PSJ a'zosi Edison Kavani bilan to'ldirishni ham maqsad qilgan.



