Tursunov Yaponiya klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2018, 13:56
O'zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Yaponiya klubi bilan shartnoma tuzdi.

Farg'onalik futbolchi Yaponiyaning 1-ligasi ishtirokchisi "Renofa Yamaguchi" jamoasi bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan.

"Renofa Yamaguchi" klubi yil yakunlariga ko'ra quyi ligada 8-o'rinni egalladi. 42ta tur davom etadigan Yaponiya 1-ligasida 22ta jamoa "J-League" uchun kurash olib  boradi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia