"Turon"da legionerlar soni yana bittaga ko'paydi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2023
Chernorgoriyalik Nikola Kumburovich Yaypanning "Turon" jamoasi a'zosiga aylandi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Turon" jamoasi Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda. 

Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida vodiyliklar safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilmoqda. Xususan, chernogoriyalik himoyachi Nikola Kumburovich klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Kumburovich faoliyati davomida "Iskra" va "Buduchnost" klublari safida maydonga tushgan. Shuningdek, u Chernogoriya davlatining turli yoshdagi terma jamoalari safida ham o'ynagan.

Avvalroq serbiyalik futbolchi Milan Bojovich "Turon" futbolchisiga aylangani haqida xabar bergandik.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Турон" ФК матбуот хизмати