Turkmaniston klublari OFK kubogida ishtirok etish uchun O'zbekiston orqali uchib ketishadi

Narzulla Saydullayev
11 may 2021
14 may kuni Markaziy Osiyo mintaqasida OFK kubogi bahslari boshlanadi.

Unda Turkmanistonning ikkita klubi ham ishtirok etadi. Kecha "Oltin Asr" va "Ahal" klublari uchun Ashxobod-Turmenobod yo'nalishi bo'yicha charter reys taqdim etildi. Jamoalar "Farap" nazorat o'tish punkti orqali O'zbekistonning Buxoro viloyatiga o'tishadi. So'ngra poezdda Toshkent shahriga yetib borishadi.

Ertaga tongda "Oltin Asr" Toshkent-Dushanbe reysi bilan Tojikistonga uchib ketadi, payshanba kuni "Ahal" Toshkent-Bishkek reysi bilan Qirg'izistonga uchib ketadi. Turkmaniston klublari ana shunaqa juda uzun yo'l bosib o'tishadi.

Ikkala jamoa ham 14 may kuni 1-tur uchrashuvini o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia