Turkman derbisida “Axal”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi

Turkmaniston chempionati 2-turining kechiktirilgan uchrashuvida chempionat peshqadami “Axal” klubi “Ashxobod” stadionida amaldagi mamlakat chempioni “Oltin Asr” jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mamlakat chempionatining markaziy uchrashuvi – “turkman derbisi” maqomi ostida o'tadigan “Axal” – “Oltin Asr” jamoalari uchrashuvi aslida taqvim bo'yicha 11 mart sanasida o'tishi lozim edi. Ammo TFF qarori bilan bu o'yin boshqa sanga qoldirildi. “Oltin Asr” bilan bo'ladigan o'yinga qadar “Axal” ketma-ket to'rt o'yinda g'alaba qozonib kelayotgandi. Bu jihat ham bellashuvga bo'lgan qiziqishni yanada orttirishi tabiiy edi. Mamlakatning ikki kuchli jamoasi o'rtasidagi bellashuvni 1500 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatib bordi.

Uchrashuvda hisobni 6-daqiqada “Oltin Asr”ning sobiq hujumchisi Murod Yaxshiev ochdi. 29-daqiqada “Oltin Asr” forvardi Oltimurod Annadurdiev oradagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Mixail Titov “Axal” darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirdi-1:2.

Shu tariqa “Axal”ning to'rt o'yindan buyon davom etayotgan g'alabali seriyasiga chek qo'yildi. Shuningdek, Xo'jaahmad Arazov jamoasi ilk bor chempionat bahslarida o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi.

Ushbu g'alabadan keyin “Oltin Asr” 9 ochko to'plab, turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. “Axal” esa 12 ochko bilan hamon jadvalda yetakchilik qilmoqda. 

Oltin Asr – Axal – 2:1 (1:1)

30 aprel 2020 yil. Ashxabad. Ashxabad stadioni. 1 500 tomoshabin.

GollarOltimurod Annadurdiev 29, Mixail Titov 57 - Murad Yaxshiev 6.

OgohlantirishAxmed Ataev 38 - Ilya Tamurkin 27, Ixlas Saparmamedov 31, Bayramniyaz Berdiev (murabbiy) 36, Serdar Annao'razov 44.

Uchrashuv hakamiAkmurat Kurbanov (Ashxabad).

Qanot hakamlarAxmed Begnazarov (Marv), Polvan Polvonov (Toshhovuz).

Zaxira hakami: Arslan Goshshanov (Tejen).

Uchrashuv nazoratchisiMaqsad Seyitkuliev (Ashxabad).

Uchrashuv komissari: Berdimurad Nurmuradov (Ashxabad).


Manba: championat.asia