Turkiyaning O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi mashg'uloti, raqiblarimiz Shenol Guneshning tug'ilgani kunini o'zgacha ko'rinishda nishonlashdi

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2019
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan xabaringiz bor.

Quyida turklarning kecha o'tkazgan o'yin oldi mashg'ulotidan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Shenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi. Unda Yilmaz ham, Chalxanoglu ham bor


Shuningdek, kecha Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi turk futboli afsonasi Shenol Gunesh 67 yoshni qarshi olgan edi. Jamoa joylashgan "Zeynept Hotel"da bosh murabbiyning tavallud kuni o'zgacha tarzda nishonlandi.

Shenol Gunesh o'zi atalgan maxsus tortni Turkiya futbol federatsiyasi yangi prezidenti Nixat O'zdemir bilan birga kesdi.


Yangi prezident terma jamoa futbolchilari bilan suhbatlashdi va ularga oldindagi o'yinlarda omad tiladi.


Nixat O'zdemir va turk futboli afsonasi, terma jamoa sardori Emre Belozog'lu.


Kechqurun esa mehmonxonada o'zgacha tadbirlar o'tkazildi.


Ajoyib muhit.


Bugungi uchrashuvda har ikkala terma jamoadan chiroyli futbol kutib qolamiz va Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilaymiz. Turklarga esa oldinda turgan saralash bellashuvlarida omad yor bo'lsin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia