Jiru: "Yevropa Ligasi biz uchun juda muhim"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025
"Lill" hujumchisi Olive Jiru o'z jamoasi uchun Yevropa Ligasida ishtirok etish naqadar muhimligi haqida gapirdi.

"Men juda ko'p yosh o'yinchilarga ega bu jamoani iloji boricha yuqoriga ko'tarmoqchiman. Yevropa Ligasi biz uchun juda muhim. Bu mavsumda oldimizga juda ko'p maqsadlar qo'yganmiz va biz Yevropa Ligasida muvaffaqiyat qozonishni istaymiz. "Roma" bilan o'yin oldidan ozgina hayajondaman. Jarima maydoni – mening uyim. Menga jamoadoshlarim kerak: biz jamoa bo'lib o'ynaymiz va men ular bilan yaxshi kelishaman. Umid qilamanki, sheriklarim meni ichkarida topa olishadi", – dedi 39 yoshli forvard.

Jiru UEFA Kubogi/Yevropa Ligasi o'yinida zaxiradan tushib, gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylangan. Hujumchi Yevropa Ligasi doirasida "Brann"ga (2:1) qarshi kechgan o'yinning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan va 80-daqiqada to'p kiritgandi. 

"Lill" bugun Yevropa Ligasining 2-turi doirasida safard "Roma"ga qarshi maydonda saf tortadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports