

“Hatayspor” klubi futbolchisi Kristian Atsu ushbu zilzilalardan so'ng hali hamon topilgani yo'q. Avvalroq, bazi manbalar futbolchining topilganini ma'lum qilgandi. Biroq, futbolchining agenti futbolchi hali ham qidirilayotganini ma'lum qildi.
"Zilziladan so'ng to'qqiz kun o'tdi. Biz esa hali ham Kristianni qidirishda davom etmoqdamiz", -deydi futbolchining agenti.



