Turkiya Superligasida darvozabon 13-soniyadayoq qizil kartochka olib maydonni tark etdi

Alisher
22 okt 2019
"Konyaspor" darvozaboni Serkan Kirintili Turkiya chempionati 8-tur doirasidagi "Eni Malatyaspor" (0:2)ga qarshi uchrashuvda antiqahramonga aylandi.

O'yin boshlanganidan 13 soniya o'tar-o'tmas darvozabon jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qo'li bilan ushlab oldi.

Darvozabon to'pni qo'liga ushlab olgandan so'ng vaziyatni tushundi va qizil kartochka berilmasdanoq maydonni tark etish harakatiga tushib qoldi.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TurkFootballTV