Turkiya Superligasi. Yutib turgan "Rizespor" ikkinchi bo'limda "Fenerbaxche"dan 5 ta gol o'tkazdi, Aliqulov tushirilmadi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025
Turkiya chempionati 13-turidan o'rin olgan "Rizespor" – "Fenerbaxche" uchrashuvi poyoniga etdi.

"Rizespor" birinchi bo'limni o'z foydasiga hal etgan bo'lsa-da, ikkinchi taymda 5 ta gol o'tkazib yubordi. Mezbonlar 63-daqiqagacha 2:2 hisobida durang o'ynayotgandi, ammo keyin hammasi izidan chiqdi va mehmonlar 5:2 hisobida g'alabaga erishdi. 

Mezbonlar tarkibida O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov bahsda ishtirok etmadi va zaxirada qoldirildi.

Turkiya Superligasi

13-tur

23 noya 2025, 22:00
Rizespor — Fenerbahçe
2 – 5
Tugadi

"Rizespor" – "Fenerbaxche" 2:5

Gollar: Sou 6', Lyachi 15' – Asensio 55', Taliska 58', Asensio 65', En-Nesiri 78' Braun 88'

Chetlatish: Lyachi (63, ikkinchi sariq) 


Musobaqa jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia