Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Hilol" va "Ittifoq"da g'alaba, Ronaldu va "Al Nassr" yana mag'lub bo'ldi

Alisher Ostonov
9 yanv 2026
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 13-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Al Hilol" o'z uyida "Al Xazem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Muxlislar "Al Najma" va "Al Ittifoq" o'rtasidagi o'yinda gollar shousini taqdim etishdi. Yakunda mehmonlar 4:3 hisobida zafar quchdi. "Al Nassr" esa ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. 1:2 hisobida yakunlangan o'yinda Krishtianu Ronaldu penaltidan to'p kiritdi.

Hozirda "Al Hilol" 13 turdan so'ng jadvalda 35 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda, "Al Nassr" shuncha o'yindan so'ng 31 ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan. Unga eng yaqin taqibchi jamoa 12 ta o'yinda 28 ochko jamg'argan "Al Tavun" hisoblanadi.


8 yanv 2026, 19:55
Al Hilal — Al Hazm
3 – 0
Tugadi



8 yanv 2026, 22:30
Al Najma — Al Ettifaq
3 – 4
Tugadi



8 yanv 2026, 22:30
Al Nassr — Al-Qadsiah
1 – 2
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia