Turkiya Superligasi to'purari “Krasnodar”ga o'tmoqda

Eldor Akmurzayev
23 fev 2021
“A Spor” yozishicha, “Xatayspor” forvardi Aaron Bupendza faoliyatini RPLda davom ettiradi.

“Krasnodar” futbolchining transferi bo'yicha ish olib bormoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va Rossiya klubi gabonlikning xaridi uchun 8 mln evro sarflaydi.

Bupendza joriy mavsum Turkiya Superligasida 23 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urgan holda to'purarlik qilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Spor