

"Championat.asia" xodimlari Tolibjon Qosimov va Jahongir Fayzullaev o'yin bo'lib o'tadigan "Alanya" stadioniga uchrashuv boshlanishidan 3 soat oldin yetib keldik. Bu vaqtda bellashuvga tayyorgarlik avjida.
Tog' etagida joylashgan mo'jazgina stadion ajoyib tabiat muhitida joylashgan, ammo namlik juda yuqori. Quyida stadionda ketayotgan jarayonlarning dastlabkilarini suratlar yordamida e'tiboringizga havola etamiz.

Uchrashuv startidan 3 soat oldin har ikkala davlat madhiyalari yangrashi va o'sha jarayonni tasvirga olishni ko'ngillilardan iborat ishchi guruh yordamida repeticiya qilishmoqda.

"Alanya" stadionining ichkaridan ko'rinishi.

Muxlislarimiz allaqachon yetib kelishdi va terma jamoamizni qo'llab-quvvatlovchi bannerlarni ilib chiqishdi.

Fotograflar uchun tayyorlab qo'yilgan stullar.

Ko'gillilardan iborat ishchi guruh. Ular har bir sektorda joylashishadi va muxlislarga bevosita va bilvosita ko'maklashishadi.

Turk televideniyasi allaqachon shu erda, jurnalistlari esa hozirdan efirga chiqishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.


O'zbekiston terma jamoasi zaxira o'rindig'i.

Turkiya terma jamoasi zaxira o'rindig'i.

"Championat.asia"ni kuzatishda davom eting, hali o'yingacha yana ko'plab qiziqarli suratlar sizni kutmoqda.
Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev
Alanya, Turkiya



