

Istambuldagi “Turk Telekom” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar safida Garri Rodriges “dubl” qayd etgan bo'lsa, Eren Derdiyuk va Serdar Aziz o'z hisobiga bittadan gol yozdrib qo'yishdi. Mehmonlar yagona javob golini penaltidan kiritishdi.
“Galatasaray” ushbu g'alabadan keyin chempionat turnir jadvalida 12 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, “Kasimpasha” xuddi shuncha ochko bilan ikkinchi pog'onani band etgan.



