26 iyun, chorshanba kuni Turkiyada davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi 2013 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turni Xorvatiya va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'zaro bahs yakunlab berdi. Birinchi turda mos ravishda Urugvay (1:0) va Yangi Zelandiya (3:0) jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan tomonlar o'rtasidagi bahsda murosa ko'chasi tanlandi. Ushbu natija har ikkala jamoaning guruhdagi o'z o'rnini, shuningdek, keyingi bosqich chiqish imkoniyatlarini to'la saqlab qolishga imkon berdi.
O'yin davomida Dinko Yyelichich shogirdlari shogirdlari to'pni nisbatan ko'proq nazorat qilishdi (53 foiz). Biroq o'zbekistonlik futbolchilar bo'ydor yevropalik raqiblariga qarshi yakkakurashlarda bo'sh kelishgani yo'q. Qayd etish joiz, o'yin nisbatan asabiy ruhda o'tdi – o'yin davomida xorvatiyalik futbolchilar to'rt marta, Ahmadjon Musaev shogirdlari esa uch marta ogohlantirish olishdi. Baxtga qarshi, Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda hakam tomonidan ogohlantirilgan Maksimilian Fomin uchun perulik Viktor Karriloning sariq kartochkasi musobaqadagi ikkinchisi bo'ldi. Shu sabab, terma jamoaning chap qanotdagi asosiy himoya qo'rg'oni Urugvayga qarshi o'yinda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
Uchrashuv Xorvatiya tarafining hujumlari bilan boshlangan bo'lsa-da, o'yindagi ilk xavfli vaziyat Ahmadjon Musaev shogirdlari tomonidan yuzaga keltirildi. Biroq, Igor Sergeevning to'p uzatishidan so'ng darvoza oldida yakka o'zi qolgan o'tgan o'yin qahramoni – Abbosbek Maxstaliev vaziyatdan foydalana olmadi. 24-daqiqaga kelib esa baribir O'zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari tomonidan hisob ochildi. O'ng qanotdan belgilangan jarima zarbasini Jamshid Iskanderov mahorat bilan amalga oshirganidan so'ng, to'p ushbu jarima zarbasini ishlagan Diyorjon Turopovning boshidan markaziy himoyachi Sardor Rahmonovga kelib tushdi; Meksika-2011 qahramonlaridan yana biri ortiqcha qiyinchiliksiz Oliver Zelenika darvozasini ishg'ol qildi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi bo'limni g'olib sifatida yakunladi. Musaev bolalarida nafaqat ikkinchi bo'limda, balki birinchi bo'limning o'zida ham hisobni oshirish uchun qator imkoniyatlar bo'ldi. Umuman, o'zbekistonlik futbolchilar butun o'yin davomida ishonchli, xotirjam o'yin ko'rsatishdi. Jamshid Iskanderov, Diyorjon Turopov, Abbosbek Maxstaliev, Sardor Sobirxo'jaevning aldamchi harakatlarini Bursa Ataturk Stadiumga yig'ilgan ishqibozlar davomli qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlab turishdi. Biroq ikkinchi bo'limda faqat bitta gol qayd etildi. Baxtga qarshi, ushbu yagona gol Asilbek Omonov qo'riqlayotgan darvoza to'ridan joy oldi. Chap qanotdan Urugvayga qarshi o'yin qahramoni Ante Rebich tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan o'zbekistonlik himoyachilar tomonidan butunlay qarovsiz qoldirilgan Italiyaning Atalanta klubi himoyachisi Marko Livaya qiyinchiliksiz O'zbekiston darvozasini ishg'ol qildi.
O'yinning qolgan qismida har ikkala tarafda ham hisobni o'zgartirish uchun qator vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa, asosiy e'tiborni qarshi hujumga qaratgan o'zbekistonliklar bir necha bor uzoq masofalardan yo'llangan zarbalar orqali Xorvatiya darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rishdi. Biroq Abbosbek Maxstaliev, Sardor Sobirxo'jaev, ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Jaloliddin Masharipovning zarbalariga so'nggi lahzada biroz aniqlik yetishmadi.
26 iyun kuni bo'lib o'tgan guruhning ikkinchi o'yinida Urugvay terma jamoasi Yangi Zelandiya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqadagi dastlabki ochkolarini qo'lga kiritdi. Ayni vaqtda janubiy amerikaliklar 3 ochko bilan F guruhida uchinchi bo'lib turishibdi. Bugungi durangdan so'ng to'plar nisbatiga ko'ra peshqadam O'zbekiston va ikkinchi o'rindagi Xorvatiya hisobida to'rttadan ochko bor. 29 iyun kuni bo'lib o'tadigan 3-tur uchrashuvlarida O'zbekiston yoshlari Urugvayga qarshi maydonga tushsa, Yangi Zelandiya Xorvatiyaga qarshi bahsda musobaqadagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
O'rni kelganda mahalliy ishqibozlarning O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo'layotganini lozim. Aynan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari maydonga mashg'ulotlar uchun chiqqanda, Bursa Ataturk Stadium jonlanib, o'zbekistonlik futbolchilarni olqishlamoqda. O'zbekistonning har zaxira amalga oshirishi esa davomli qarsaklar, olqishlarga ulanib ketmoqda. Ayniqsa, iqtidorli markaziy yarim himoyachi Jamshid Iskanderov almashtirilgan vaqtda butun stadion yosh futbolchini davomli va gulduros qarsaklar bilan kuzatib qo'ygani har qanday o'zbekistonlikda ham faxr tuyg'usini uyg'otadi. Bunda, O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasining chiroyli va ishonchli o'yinlaridan tashqari, o'zbekistondan tashrif buyurgan ko'p sonli futbol muxlislarining faol qo'llab-quvvatlashlari alohida o'rin tutadi.
Yoshlar o'rtasidagi JCH-2013, guruh bosqichi
F guruhi, 2-tur uchrashuvlari
26 iyun, chorshanba
XORVATIYA – O'ZBEKISTON 1:1 (0:1)
Gollar: Marko Livaya (65) – Sardor Rahmonov (24).
Ogohlantirishlar: Niko Datkovich (54), Dario Kanadija (61), Yozo Shimunovich (70), Ivan Aleksich (90+2) – Maksimilian Fomin (41), Sardor Rahmonov (51), Tohirjon Shamshitdinov (90+2).
XORVATIYA: Oliver Zelenika, Toni Gorupec, Ivan Aleksich, Filip Mrzlyak, Niko Datkovich, Marko Livaya (Petar Brlek, 80), Xrvoe Milichevich (Kruno Ivanchich, 54), Marko Pyaka (Stipe Perica, 67 ), Ante Rebich, Dario Kanadija, Yozo Shimunovich.
O'ZBEKISTON: Asilbek Omonov, Tohirjon Shamshitdinov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo'ldoshev, Maksimilian Fomin, Vladimir Kozak (Muhsinjon Ubaydullaev, 67), Diyorjon Turopov (Jaloliddin Masharipov, 61), Jamshid Iskanderov (Abdul Aziz Yusupov, 79), Igor Sergeev, Sardor Sobirxo'jaev.
Bosh hakam: Viktor Karrilo (Peru).