Turk klubi murabbiyi o'z hujumchisini raqibning 12-futbolchisi deb atadi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018
Turkiyaning "Akxisar Belediespor" klubi bosh murabbiyi Jem Kavchak "Krasnodar"ga qarshi Yevropa ligasi uchrashuvidan (0:1) so'ng, o'z hujumchisi Evgeniy Seleznyovni tanqid qildi.

"Bugun Evgeniy Seleznyov raqib jamoaning 12-futbolchisidek ko'rindi. 80 daqiqa davomida u oddiy vaziyatlarda yiqilib, hakamga qo'pollik bo'lganini aytdi. Ha, Seleznyov so'nggi 10 daqiqada ko'proq foyda keltirdi, biroq bunday o'yin yaramaydi.

Evgeniyning bugungi o'yini menga shunday tuyuldi deb umid qilaman. U diskvalifikaciya tufayli to'rtta uchrashuvda maydonga tushmadi, formasini yo'qotgan bo'lsa kerak. U bilan alohida suhbatlashib olaman, uchrashuv va uning o'yinini tahlil qilamiz" - deydi Jem Kavchak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС