Aldonin: "Abbos Fayzullaev o'tgan mavsumdan beri o'z darajasini ko'rsatib kelmoqda"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2024
SSKA faxriysi Evgeniy Aldonin "Monako"ning armiya yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevga qiziqishi haqidagi ma'lumotga javob berdi.

"Unda bunday imkoniyat bor. U Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi va bu ham nimadandir so'zlaydi. Yosh, istiqboli yaxshi, o'tgan mavsumda ham, joriy mavsumda ham o'z darajasini ko'rsatib kelmoqda. Xo'sh, nega "Monako" unga qiziqmasligi kerak? Bu Fransiyadagi birinchi yoki ikkinchi klub emas, lekin doimiy ravishda Chempionlar Ligasida qatnashadi. Shunday ekan, bunday o'tish istiqbollari mavjud", – dedi Aldonin.

21 yoshli Fayzullaev ushbu mavsum "qizil-ko'klar" safida 22 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning SSKA bilan kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

"Real Sosedad" matbuot kotibi Fayzullaevga bo'lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс