Tur o'yini - "Buxoro" - AGMK 4:2

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018
Superliganing 7-turida bir qancha qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi.

Buxoroda o'tgan "Buxoro" - AGMK uchrashuvi qolganlardan ajralib turdi. Dastlab mehmonlar ikki marta "Buxoro" darvozasini ishg'ol qilishdi. Ushbu mavsum o'z uyidagi o'yinlarda faqt g'alaba qozonayotgan Baqoev jamoasi nihoyat mag'lub etiladi deb o'ylagandi ko'pchilik. Biroq maydon egalari so'nggi 30 daqiqa ichida raqib darvozasiga 4ta gol urib irodali g'alabaga erishishdi. 

Uchrashuvda 6ta gol urildi, buxorolik darvozabon avtogol muallifi bo'ldi (rasmiy protokolga ko'ra), hakam mezbonlar darozasiga penalti belgiladi va AGMK futbolchisi qizil kartochka ko'rsatdi. Mana shularni barchasini hisobga olib "Buxoro" - AGMK uchrashuvi tur o'yini deb topildi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia