Tur iqtibosi: "Navbahor"ga qarshi safarda o'ynash Braziliyaga ham oson emas"

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018
7-turning eng original iqtibosi Namanganda aytildi.

"O'yin chiroyli bo'ldi. "Navbahor"ga qarshi safarda o'ynash menimcha Braziliyaga ham oson emas. Lekin mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatdik deb o'ylamayman. Shogirdlarim juda yaxshi harakat qilishdi. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Hayot davom etadi. Shunday o'yinlar bizni yanada kuchli qiladi", - dedi so'nggi soniyalarda gol o'tkazib mag'lub bo'lgan o'yindan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov. 

Ma'lumot uchun, "Navbahor" o'z uyid so'nggi bor 2016 yilning 29 oktyabr sanasida mag'lub bo'lgan. O'tgan mavsumda va bu mavsumda hech bir jamoa "Navbahor"ni Namanganda mag'lub eta olmayapti.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia