Tur futbolchisi - Elguja Grigalashvili

Narzulla Saydullayev
2 apr 2018, 12:05
Superliganing 4-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga so'zsiz "Qizilqum" hujumchisi Elguja Grigalashvili loyiq ko'rildi.

"Qizilqum"ning Superligadagi dastlabki g'alabasiga zamin yaratgan gollarga mualliflik qilgan gruziyalik hujumchi "So'g'diyona" darvozasiga uchta to'p yo'lladi. Shuningdek, futbolchi Superliga tarixiga ilk xet-trik qayd etgan futbolchi sifatida kirdi.

Shu tariqa Elguja Grigalashvili Superligada tur futbolchisiga aylandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia