Ikki yarim oy avval Qizilqum bilan xayrlashgan legioner jamoaga qaytmoqda

Khoja
12 fev 2025
Dekabr oyida Qizilqum bilan xayrlashgan Elguja Lobjanidze faoliyatini yana Navoiy jamoasida davom ettirishga yaqin.

Bu haqida Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Qizilqum matbuot xizmati 23 dekabr kuni gruziyalik legioner bilan xayrlashganini e'lon qilgandi. Futbolchi o'tgan mavsum Superligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgandi.


KhojaMuallif
Manba: @PenaltyNarzulla