Tripperning totalizator tufayli qanday jazoga tortilishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Alisher
2 may 2020
"Atletiko"ning 29 yoshli himoyachisi Kiran Tripper kam bo'lmagan muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, angliyalik futbolchiga bir yillik taqiq xavf solmoqda.

Avvalroq xabar berilganidek, Angliya futbol associaciyasi (FA) Tripperni o'tgan yozda "Tottenxem"dan "Atletiko"ga o'tishiga pul tikkani bilan bog'liq ayblov qo'ygan. Tripperning o'zi esa unga qo'yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Bundan oldin angliyalik yana bir futbolchi, Daniel Starrij ham totalizator tufayli uzoq muddatga futboldan chetlashtirilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi himoyachisi "Atletiko"ga 2019 yilning yozida "Tottenxem"dan 21,7 million funt evaziga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports