Trinidad va Tobago bosh murabbiyi: "O'zbekistondagi turnir muhim ahamiyatga ega"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
Trinidad va Tobago bosh murabbiyi Derek King yaqinlashib kelayotgan FIFA Series musobaqasi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz Venesuela va Gabon singari ikki kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz va buni muhim tajriba deb hisoblaymiz. Maqsadimiz - raqobatlashish, mamlakat sharafini g'urur bilan himoya qilish va CONCACAF Millatlar Ligasiga poydevor qo'yishda davom etishdir.

Biz ham tajriba, ham salohiyatga ega bo'lgan futbolchilarni tanladik. Xorijda to'p tepadigan o'yinchilar turli darajadagi musobaqalarda orttirgan tajribalarini olib kelsa, yosh mahalliy o'yinchilar g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va mamlakat sharafini himoya qilishga kuchli intilishni namoyon etadi.

Mazkur uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega. Gap jamoani shakllantirishda davom etish, tarkibni bir butunga aylantirish va bo'lg'usi musobaqalarga tayyor ekanligimizga ishonch hosil qilish haqida bormoqda", dedi 45 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Trinidad va Tobago O'zbekiston mezbonlik qiladigan turnida Venesuela hamda Gabonga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia