Transfermarkt: "Navbahor" braziliyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2025, 11:42
Namanganning "Navbahor" klubi yozgi transfer oynasi vaqtidagi ilk transferini amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, kecha, 16 iyul kuni braziliyalik 192 sm bo'yga ega markaziy himoyachi Julio Sezar "Navbahor" bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo qo'ygan. Futbolchining so'nggi jamoasi Tailandning "Utai Tani" klubi bo'lgandi. 

28 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Amerika RN" (Braziliya), "Vilyafranka" (Ispaniya), "Vitebsk" (Belarus), "Borneo" (Indoneziya), "Veres Rovno" (Ukraina) kabi klublarda o'ynagan.

Transfermarkt portaliga ko'ra, uning ayni paytdagi transfer narxi 350 ming evroga teng.  



"Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgan. Klub ayni damda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia