Totti: "Real Madrid" men o'tishim mumkin bo'lgan yagona klub edi"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2021
"Roma" afsonasi Franchesko Totti o'z klubini o'zgartirish haqida o'ylagani borasida gapirdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, "Real Madrid" yagona tanlov bo'lgan.

"Albatta, men "Real"ga o'tish haqida o'ylagandim. Shunday kunlar bo'lgandiki, men bir oyog'im bilan "Roma"da, boshqa oyog'im bilan esa "Real"da edim. Ammo, oxirgi tanlovni men "Roma"ga qo'yib bergandim.

"Qirollik klubi"ga berilgan rad javobi o'ylab, ortga qaraganimda qandaydir shubhalar paydo bo'laveradi. "Real Madrid" men "Roma"ni tark etib, futbol o'ynashim mumkin bo'lgan yagona klub edi. Boshqa mamlakatda o'ynash tajribasi oilam va albatta men uchun ajoyib bo'lgan bo'lardi", -deydi Franchesko Totti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italia