Totti Mourinyo haqida: "Afsuski "benazir" xech qachon murabbiyim bo'lmagan"

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2023
Italiyalik futbolchi Franchesko Totti Joze Mourinyoni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblaydi.

"Men qaysidir rolda "Roma"ga qaytishni istardim. Albatta Mourinyo bilan ishlashni ham xohlardim - u birinchi raqamli, uni hurmat qilaman. Afsuski "benazir" xech qachon murabbiyim bo'lmagan. "Roma"da agar kerak bo'lsa yordam berishga tayyorligimni bilishadi. 

Barchani sog'inaman. Yig'inlar, kiyinish xonasi, futbolka, massaj xonasi... Men bularning ichida yashardim. Jamoadoshlar bilan bar va kafelar, Trigoriyadan stadiongacha avtobusda borish. Men o'sha muhitni sog'inyapman", - dedi "Roma" sobiq futbolchisi Totti.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS