"Tottenxem" futbolchisi Ferrari da o'yinga ketayotib, avariyaga uchradi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026, 16:24
Kolo-Muani "Ferrari"sida avariyaga uchradi

PSJdan ijaraga olingan va "Tottenxem"da to'p tepayotgan hujumchi Randal Kolo-Muani kichik yo'l-transport hodisasiga uchradi. Xizmat safari vaqtida futbolchining sog'lig'iga zarar etmagan.

Seshanba kungi mashg'ulotdan so'ng aeroportga yo'l olgan francuzning "Ferrari Purosangue" rusumli avtomobili shinasi yorilib ketgan. Kolo-Muanining ortidan boshqa mashinada kelayotgan jamoadoshi Vilzon Odober darhol to'xtab, Randalga yordam bergan.

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank voqea yuzasidan ma'lumot berib, ikkala futbolchi ham bugun Chempionlar Ligasi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olishini tasdiqladi.

"Ikkalasi ham o'zini yaxshi his qilmoqda, hammasi joyida. Men ular bilan hali shaxsan gaplashmadim, lekin ahvollari yaxshiligidan xabarim bor. Ular keyinroq jamoa ixtiyoriga uchib ketishadi", - dedi Frank.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail