Orteganing seyvi Gvardiolani yiqilishga majbur qildi

Khoja
15 may 2024, 08:42
Kecha Manchester Siti juda muhim uchrashuvda Tottenxemni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning eng esda qolarli voqeasi bahsning 86-daqiqasida sodir bo'ldi. O'shanda londonliklar futbolchisi Son darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va uning zarbasini raqib posboni Ortega qaytarishga erishdi. Ushbu vaziyatni kuzatib turgan manchesterliklar ustozi Pep Gvardiola esa maydonga yiqilib tushdi.

Ushbu vaziyatdan to'rt daqiqa o'tib, Xoland raqib darvozasiga ikkinchi golni urdi va jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com