"Tottenxem" yarim himoyachisi "Uotford"ga o'tdi

Alisher
28 avg 2021
"Tottenxem" yarim himoyachisi Mussa Sissoko "Uotford"ga o'tdi.

31 yoshli fransiyalik futbolchi ikki yillik shartnoma imzoladi, bu haqda klub sayti xabar bermoqda.

Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, transfer narxi 2,5 million funtni tashkil etdi.

Sissoko 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/watfordfc