"Tottenxem" Xarri Keynning o'rniga arzonroq nomzod topdi

Alisher
20 yanv 2020
"Tottenxem" "Lester" hujumchisi Islom Slimaniga qiziqish bildirmoqda.

Jazoirlik futbolchi hozirda "Monako"da ijara asosida o'ynamoqda. Takidash kerakki, Slimanining francuz klubida ishlari yomon emas.

Futbolchi "Monako"da 11ta o'yinda 7ta gol urishga erishdi. Oldinroq, "shporlar" "Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontekni o'z safiga qo'shib ololmagan edi.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Slimani "Lester"ga 2016 yilda "Sporting"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail