"Tottenxem" va "Sevilya" kelishuvga erishdi. "Shporlar" Xil uchun Lamela va 25 mln evro to'lashadi

Alisher
26 iyul 2021
"Tottenxem" va "Sevilya" o'yinchi almashish borasida kelishuvga erishishdi.

"Shporlar" xavbeki Erik Lamela tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Ispaniyaga keldi. "Sevilya" yarim himoyachisi Brayan Xil esa Angliya klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

"Tottenxem" almashinuv doirasida "Sevilya"ga qo'shimcha 25 million evro miqdorida pul to'laydi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Xil o'tgan mavsumni "Eybar"da ijarada o'tkazdi. Futbolchi La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano