"Tottenxem" Sonni sotishga tayyor. "Shporlar" uning o'rniga futbolchi topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 13:50
Hujumchi Son Xyon Min "Tottenxem"ni tark etishi mumkin.

"Shporlar" koreyalik futbolchini shu yozda sotishga tayyor. "Tottenxem" hujumchiga o'rinbosar sifatida "Kristal Pelas" futbolchisi Eberechi Eze variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sonning London klubi bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Avvalroq KXDRda janubiy koreyalik futbolchilar, jumladan, Son ishtirokidagi uchrashuvlar translyatsiyasi taqiqlab qo'yilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk