“Tottenxem” so'nggi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

1 may 2019, 07:50
“Shporlar” kecha Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki bahsida “Ayaks”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu jamoaning joriy mavsum hisobidan barcha musobaqalardagi 18-mag'lubiyati bo'ldi. Klub so'nggi 10 yil ichida ilk bor 18 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Londonliklar so'nggi bor 2008/09 yilgi mavsum 19 ta bahsda yutqazgandi.

“Tottenxem” joriy mavsum APLda “Bornmut”, “Everton”, Chempionlar Ligasida esa “Ayaks” bilan javob o'yinini o'tkazadi.


Manba: UEFA.com