"Tottenxem" Shupo-Moting uchun asosiy yulduzidan voz kechishga tayyor

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022
"Bavariya" hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting Germaniya Bundesligasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin.

90 min portali xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "shporlar" o'zining eng yaxshi to'purari Harri Keynni Shupo-Motingga almashtirmoqchi. Potencial kelishuv nemis grandidan qo'shimcha haq olishni ham nazarda tutadi.

Erik joriy mavsumning birinchi yarmidagi muvaffaqiyatli o'yini bilan "Tottenxem" e'tiborini tortdi. U 15 ta o'yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amlaga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min