"Tottenxem" "Rubin" bilan Kvaratsxeliya bo'yicha muzokaralarni boshladi

Alisher
10 avg 2021
Londonning "Tottenxem" klubi Qozonning "Rubin" jamoasi bilan yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliyaning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.

"Rubin" o'z vingerining transferidan 20 million evro ishlab olmoqchi. 

Oldinroq, futbolchi bilan boshqa Yevropa klublari bog'lanishgan edi.

Futbolchi joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru