"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
15 may 2020
"Roma" xavbeki Jengiz Under "Tottenxem" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

22 yoshli turkiyalik futbolchini yozgi transferlar oynasida "shporlar" o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

Londonliklar klub murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kirmayotgan Erik Lamelani bitimga qo'shishga tayyor.

Underni shuningdek "Milan" ham kuzatmoqda. Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato